Jahon chempionati: Sharofiddin Amriddinov oltin medalni qo‘lga kiritdi

Jahon chempionati: Sharofiddin Amriddinov oltin medalni qo‘lga kiritdi
Foto: Olympic.uz
Bahrayn mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati doirasida erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Quvonarlisi, hozirgina yakunlangan dast ko‘tarish mashqida hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yurtdoshimiz ushbu bellashuvda 184 kg og‘irlikdagi toshni ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu dasturda qatnashgan yana bir polvonimiz Ruslan Nurudinov esa 182 kg bilan beshinchi bo‘ldi. Atletlarimizga siltab ko‘tarish mashqida omad tilab qolamiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.