Gvardiola mag‘lubiyat aybdori kimligini aytgan Xolandga qarshi chiqdi

Gvardiola mag‘lubiyat aybdori kimligini aytgan Xolandga qarshi chiqdi
Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” chempionatning 17-turida “Aston Villa” mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu manchesterliklarning so‘nggi 12 ta uchrashuvda 9-mag‘lubiyati bo‘ldi.

Uchrashuvdan keyin Erling Xoland mag‘lubiyat uchun aybni o‘z bo‘yniga oldi va buni yetarli darajada yaxshi o‘ynay olmayotgani bilan izohladi. Xosep Gvardiola uning fikriga qo‘shilmadi.

- \"Xolandning fikriga qo‘shilmayman. Agar u tarkibda bo‘lmaganida bundan ham yomon o‘ynagan bo‘lardik. Lekin menga futbolchilarning mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, fikr yuritayotgan yoqyapti. Bunday tushunchalar bizni g‘alabaga yetaklaydi.

Xolandning qarashlariga qo‘shilmasligimning yana bir jihati shundaki, biz u gol urishi uchun unga ko‘proq to‘p yetkazib berishimiz kerak.

Endi bor e’tiborimizni qayta tiklanib olib, keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga qaratamiz
\", - dedi Xosep Gvardiola.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.