"Nasaf"ni tark etgan Marko Stanoevich "Dinamo" klubiga oʻtdi

"Nasaf"ni tark etgan Marko Stanoevich "Dinamo" klubiga oʻtdi
Superliga-2025 mavsumi oldidan tarkibini kuchaytirayotgan \"Dinamo\" jamoasi navbatdagi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

Oʻtgan yillar davomida \"Nasaf\" klubidagi oʻyinlari orqali muxlislarga tanilgan Marko Stanoevich \"Dinamo\" jamoasi a'zosiga aylandi. Serbiyalik tajribali yarim himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. U samarqandliklar safiga erkin agent maqomida qoʻshildi. Marko \"Dinamo\"ning yanvar oyi boshida Toshkentda oʻtkaziladigan yigʻiniga kelib qoʻshiladi.

Stanoevich Superliga 2024 yilgi mavsumida 24 oʻyinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan va yakunda Oʻzbekiston chempioni boʻldi. Marko OChL joriy mavsumida ham 6 oʻyinda toʻp tepdi. U Superligada jami 111 oʻyinda 15ta golga mualliflik qilgan. OChLda ham jami 5ta gol kiritgan.
"Nasaf"ni tark etgan Marko Stanoevich "Dinamo" klubiga oʻtdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.