"Nasaf" hali ham etakchilari bilan shartnomalarni yangilamadi

"Nasaf" hali ham etakchilari bilan shartnomalarni yangilamadi
Xabaringiz bor, 2024 yilgi mavsumda \"Nasaf\" oʻz tarixida ilk bor Superliga chepmionligini qoʻlga kiritdi.

\"Ajdarlar\" tarkibidagi asosiy futbolchilar tarkibda saqlab qolinadimi yoki ular ketadimi degan savol koʻpchilik muxlislar uchun qiziq.

Bizga ma'lum boʻlishicha, Qarshi klubi liderlarining birortasi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagan. Jamoaning asosini tashkil etadigan futbolchilar va klub oʻrtasidagi muzokaralar boshi berk koʻchaga kirib qolgan. Shartnomasi tugagan futbolchilarni deyarli barchasida boshqa klublardan variantlar bor.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsum jamoa toʻpurari Zoran Marushich \"Neftchi\"ga koʻchib oʻtgan boʻlsa, Marko Stanoevich \"Dinamo\"ga koʻchib oʻtdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.