Ramazon Temirov keyingi jangini qachon va kimga qarshi oʻtkazadi?

Ramazon Temirov keyingi jangini qachon va kimga qarshi oʻtkazadi?
Oʻzbekistonlik jangchi Ramazon Temirov 2025 yilning 1 martida AQShning Las-Vegas shahrida oʻtkaziladigan \"UFC Fight Night 253\" turnirida jang qiladi.

Bugun ushbu xabar rasman tasdiqlandi. Ramazon Temirovning raqibi amerikalik tajribali jangchi Charlz Jonson (17-6) boʻladi.

Ma'lumot:
- Charlz Jonson UFCning super engil vazn toifasi reytingida 12-oʻrinni egallaydi.
- U UFCda oʻtkazgan soʻnggi 4 jangning barchasida gʻalaba qozongan.

Bu jang Ramazon Temirov uchun katta imkoniyat boʻlib, uning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.