“Barselona” shov-shuvli supertransfer uchun Rafinyani “qurbon” qiladi(mi?)

“Barselona” mutasaddilari yozda sensatsion transferni amalga oshirish uchun jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda.
Kataloniyaliklar tarkibni “Atletik” vakili Niko Uilyams yoki “Bavariya” yulduzi Jamol Musiala bilan kuchaytirmoqchi. Har ikkala oʻyinchini olish katta summa va murakkab muzokaralarni talab qiladi.
“Barselona” rahbariyati oʻz rejasini amalga oshirish uchun joriy mavsum zoʻr va samarali oʻynayotgan Rafinyani “qurbon” qiladigan boʻldi.
Rafinyaning klub bilan kelishuvi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq klub joriy mavsumning dastlabki 25 ta oʻyinida 17 ta gol va 10 ta assist muallifi boʻlgan oʻyinchini qimmatroq sotib yubormoqchi. Kataloniyaliklar braziliyalik futbolchining sermahsul oʻyini uning narxini oʻsishiga asos boʻladi, degan fikrda.
Klub xoʻjayinlari Rafinyani 80 million yevro taklif qiladigan jamoaga berishga tayyor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Kataloniyaliklar tarkibni “Atletik” vakili Niko Uilyams yoki “Bavariya” yulduzi Jamol Musiala bilan kuchaytirmoqchi. Har ikkala oʻyinchini olish katta summa va murakkab muzokaralarni talab qiladi.
“Barselona” rahbariyati oʻz rejasini amalga oshirish uchun joriy mavsum zoʻr va samarali oʻynayotgan Rafinyani “qurbon” qiladigan boʻldi.
Rafinyaning klub bilan kelishuvi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq klub joriy mavsumning dastlabki 25 ta oʻyinida 17 ta gol va 10 ta assist muallifi boʻlgan oʻyinchini qimmatroq sotib yubormoqchi. Kataloniyaliklar braziliyalik futbolchining sermahsul oʻyini uning narxini oʻsishiga asos boʻladi, degan fikrda.
Klub xoʻjayinlari Rafinyani 80 million yevro taklif qiladigan jamoaga berishga tayyor.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













