Bizda oʻynashga yaramading! “Real” qaysi oʻyinchisidan voz kechmoqchi?

Bizda oʻynashga yaramading! “Real” qaysi oʻyinchisidan voz kechmoqchi?
“Real” yozgi transferlar vaqtida tayanch yarim himoyachisi olishga qaror qildi. Oʻtgan yoz Toni Kroos faoliyatini yakunlaganidan keyin joriy mavsumda uning vazifasini bajarish Orelen Tchuameniga yuklatildi.

Biroq frantsiyalik yarim himoyachi oʻziga yuklatilgan ishni yuqori saviyada uddalay olmayapti.

“Qirollik klubi” direktorlar kengashi Orelen Tchuamenidan voz kechib, uning oʻrniga boshqa ijrochi olish variantini ma'qulladi.

“Real” voz kechishni ma'qul koʻrgan futbolchi ishsiz qolmasligi aniq. Chunki Orelenga anchadan beri Angliya Premer-ligasi etakchi klublaridan “Liverpul”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirib kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.