Islom Maxachev Belal Muhammad bilan jang qiladimi?

Islom Maxachev Belal Muhammad bilan jang qiladimi?
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev (26-1) yarim oʻrta vazn toifasidagi kamar sohibi Belal Muhammad (24-3-1 N/C) bilan jang oʻtkazishi qiyin ekanini aytdi.

\"Rostini aytsam, Belalning 77 kg vaznda chempionlikni qoʻlga kiritishi rejalarimni barbod qildi. Hozir u bilan yaqin doʻst boʻlib qoldik. Bundan tashqari, bizning menejerimiz ham bir”, – dedi Islom Maxachev \"Mighty\" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Islom Maxachev navbatdagi jangini 19 yanvar kuni \"UFC 311\" turnirida Arman Tsarukyanga qarshi oʻtkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.