"Nasaf"ga oʻtayotgan Cheran va Xebay uchrashishdi

"Nasaf"ga oʻtayotgan Cheran va Xebay uchrashishdi
Amaldagi chempion \"Nasaf\" safiga oʻtishi kutilayotgan Dragan Cheran va Rubin Xebaylar uchrashishdi.

Avvalroq xabar berganimizdek, Superliganing eng yaxshi toʻpurari Dragan Cheran va \"Andijon\" sobiq futbolchisi Rubin Xebay \"ajdarlar\" bilan shartnoma imzolashga yaqin turishibdi.

Kuni kecha esa, Dragan Cheran oʻz Instagram sahifasida Xebay bilan birga tushilgan selfini joyladi va \"Soon\"(Tez orada) deya izoh qoldirdi. Katta ehtimol bilan ikki hujumchi ham tez orada \"Nasaf\" futbolchisiga aylangani rasman e'lon qilinadi.
"Nasaf"ga oʻtayotgan Cheran va Xebay uchrashishdi
Eslatib oʻtamiz, mavsum yakuniga koʻra chempionatimizning eng yaxshi toʻpurari \"Paxtakor\"ni tark etgandi, albaniyalik hujumchining soʻnggi klubi esa Tunisning \"Sfaksen\" jamoasi edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.