UFC 311: Bogdan Guskov raqibini qanday magʻlub etdi? (video)

UFC 311: Bogdan Guskov raqibini qanday magʻlub etdi? (video)

MMA ustasi Bogdan Guskov UFC 311 turnirida jangini amerikalik 29 yoshli Billi Elekanga qarshi oʻtkazdi.

Bahsning ikkinchi raundida Bogdanning boʻgʻish usuli tufayli Elekan jangni davom ettira olmadi. Bogdan ilk raundning oxirida ham raqibini boʻgʻish usuliga tushirgandi.

Toshkent viloyatida tugʻilgan 32 yoshli Bogdan Guskov professional faoliyatidagi 20-jangida oʻzining 17-gʻalabasini nishonladi.

Eslatib oʻtamiz, Bogdan Guskov UFC Vegas 91 turnirida amerikalik Rayan Spenni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.

Billi esa MMA\'da 8 gʻalaba (4 tasi nokaut), 1 durang va 2 magʻlubiyat qayd etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.