Futbol ishqibozlari uchun yana bir qiziqarli "oʻnlik" e'lon qilindi

Futbol ishqibozlari uchun yana bir qiziqarli "oʻnlik" e'lon qilindi
\"Give Me Sport\" internet portali mutaxassislari futbol ishqibozlari uchun yana bir qiziqarli \"oʻnlik\"ni e'lon qilishdi. Bu safargi reyting hozirgi kundagi eng kuchli markaziy himoyachilarga bagʻishlandi.

Ekspertlar \"Liverpul\" va Niderlandiya terma jamoasi sardori Virjil van Deykni birinchi oʻringa qoʻyishdi. Ikkinchi oʻrinda \"Arsenal\" futbolchisi Uilyam Saliba, uchinchi oʻrinda esa, \"Real\" himoyachisi Antonio Ryudiger boʻldi.

Bundan tashqari oʻnlikdan Aleksandr-Arnold (\"Liverpul\"), Gabriel (\"Arsenal\"), Gvardiol (\"Manchester Siti\"), Konate (\"Liverpul\"), Ruben Dias (\"Manchester Siti\"), Kubarsi (\"Barselona\") va Bastoni (\"Inter\") kabi himoyachilar oʻrin olishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.