Gvardiola pley-offda "Real Madrid"ga qarshi oʻyin haqida nimalar dedi?

Gvardiola pley-offda "Real Madrid"ga qarshi oʻyin haqida nimalar dedi?
\"Manchester Siti\" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichida \"Real Madrid\" bilan kuch sinashishini bilgandan soʻng ushbu toʻqnashuv haqida oʻz fikrlarini quyidagicha izhor qildi:

\"Bu allaqachon derbiga oʻxshab ketmoqda, biz ketma-ket toʻrtinchi yil uchrashamiz. Ular har doim bizga muammo tugʻdira olgan. Shu sababli, bu yil ham biz uchun qiyin boʻlishi tabiiy.

Shuni ham ta'kidlashim kerak, oʻyingacha hali 2 hafta bor. Albatta, koʻp futbolchilarimiz safga qaytgan boʻlishadi. Nimadir qila olishimizga esa aminman, chunki oʻyinchilarim oʻziga xos\" - dedi Xosep Gvardiola.

Ma'lumot uchun: mazkur ikki klub oʻrtasidagi bellashuv 11 va 18 fevral kunlari mahalliy vaqt bilan 01:00 da start oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.