Saidjamshid Jafarov profringdagi ikkinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi

Saidjamshid Jafarov profringdagi ikkinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Moskva shahrida boks boʻyicha navbatdagi IBA Champions\' Night turniri boʻlib oʻtdi. «Lujniki» majmuasi mezbonlik qilgan ushbu boks oqshomida hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov ham oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi.
Saidjamshid Jafarov profringdagi ikkinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
U rossiyalik Dmitriy Zaxarovga qarshi ringga koʻtarildi. 71 kg vazn toifasida tashkil etilgan 6 raundlik jang toʻliq davom etdi va unda Jafarov ochkolar hisobiga koʻra gʻalaba qozondi.
Saidjamshid Jafarov profringdagi ikkinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Shu tariqa hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov \"IBA Europen Champion\" kamarini qoʻlga kiritdi.

Saidjamshid bundan avvalgi jangini oʻtgan yilning 30 noyabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etilgan RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi turnirida rossiyalik Gor Oganesyanga qarshi oʻtkazib, ochkolar hisobiga koʻra gʻalaba qozongandi. Bu havaskor boksda jahon chempionati sovrindori boʻlgan Saidjamshidning prof boksdagi debyut jangi boʻlgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.