Abduqodir Husanov Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashdi

Abduqodir Husanov Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashdi
Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov «Manchester Siti»ning yangi oʻzbekistonlik oʻyinchisi Abduqodir Husanov bilan elchixonada uchrashdi. Bu haqda elchi oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Abduqodir Husanov Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashdi
Favqulodda va muxtor elchimiz Ravshan Usmonov bilan kechgan samimiy suhbatda yosh futbolchimizning APL top klubidagi faoliyati, sport sohasida bosib oʻtgan mashaqqatli yoʻli, qiziqishlari va diyorimizda millionlar oʻyiniga qaratilayotgan alohida e\'tibor xususida soʻz bordi.
Abduqodir Husanov Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashdi
- «Manchester Siti» futbol klubi himoyachisi, hamyurtimiz Abduqodir Husanovga muvaffaqiyatlar tilaymiz, deb yozdi Ravshan Usmonov.
Abduqodir Husanov Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashdi
Abduqodir Husanov elchixonaga oʻz dastxati tushirilgan klub formasini sovgʻa qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.