Javohir Sindorov 1/4 finalda Hikaru Nakamurani magʻlub etdi

Vayssenxaus shahrida shaxmat boʻyicha mukofot jamgʻarmasi 750 ming dollar boʻlgan nufuzli turnir boʻlib oʻtmoqda. Unda Javohir Sindorov amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi tay-brekning hal qiluvchi ikkinchi partiyasini oʻtkazdi.
1/4 finalning asosiy ikki uchrashuvida durang natija qayd etilgandi. Tay-brekning birinchi uchrashuvida qora donalarda oʻynaganiga qaramay, Sindorov gʻalaba qozondi. Ikkinchi partiyani oq donalarda oʻtkazgan Javohir yana gʻalaba qozondi.

Shu tariqa amerikalik nomdor grossmeyster Hikaru Nakamurani murakkab kechgan qarama-qarshilikda magʻlubiyatga uchratgan Javohir Sindorov mukofot jamgʻarmasi 750 ming dollarni tashkil etuvchi Freestyle Chess Grand Slam turnirining 1/2 finaliga yoʻl oldi.
Shuningdek, yana bir chorak final oʻyinida Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovni magʻlub etdi.
Sindorov endi 1/2 finalda boshqa bir amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi. Nakamura esa 1/4 finalda Nodirbek Abdusattorov singari 5-oʻrin uchun kurashni davom ettiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!1/4 finalning asosiy ikki uchrashuvida durang natija qayd etilgandi. Tay-brekning birinchi uchrashuvida qora donalarda oʻynaganiga qaramay, Sindorov gʻalaba qozondi. Ikkinchi partiyani oq donalarda oʻtkazgan Javohir yana gʻalaba qozondi.

Shu tariqa amerikalik nomdor grossmeyster Hikaru Nakamurani murakkab kechgan qarama-qarshilikda magʻlubiyatga uchratgan Javohir Sindorov mukofot jamgʻarmasi 750 ming dollarni tashkil etuvchi Freestyle Chess Grand Slam turnirining 1/2 finaliga yoʻl oldi.
Shuningdek, yana bir chorak final oʻyinida Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovni magʻlub etdi.
Sindorov endi 1/2 finalda boshqa bir amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi. Nakamura esa 1/4 finalda Nodirbek Abdusattorov singari 5-oʻrin uchun kurashni davom ettiradi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













