"Brayton" "Chelsi"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida \"Brayton\" o‘z maydonida \"Chelsi\"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Jamoa safida Kaoru Mitoma (27-daqiqada) va Yankuba Minte (38 va 63-daqiqalarda) gol urib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Statistika bo‘yicha \"Chelsi\" to‘pni 70% nazorat qildi va 702 ta uzatma amalga oshirdi, biroq raqib darvozasiga biror marta ham aniq zarba bera olmadi. Aksincha, \"Brayton\" bor-yo‘g‘i 30% to‘p nazoratiga ega bo‘lishiga qaramay, 13 marta zarba berdi va ulardan 5 tasi aniq bo‘ldi.
Mazkur g‘alaba \"Brayton\"ni turnir jadvalida 8-o‘ringa olib chiqdi, \"Chelsi\" esa 43 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Statistika bo‘yicha \"Chelsi\" to‘pni 70% nazorat qildi va 702 ta uzatma amalga oshirdi, biroq raqib darvozasiga biror marta ham aniq zarba bera olmadi. Aksincha, \"Brayton\" bor-yo‘g‘i 30% to‘p nazoratiga ega bo‘lishiga qaramay, 13 marta zarba berdi va ulardan 5 tasi aniq bo‘ldi.
Mazkur g‘alaba \"Brayton\"ni turnir jadvalida 8-o‘ringa olib chiqdi, \"Chelsi\" esa 43 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













