"Manchester Siti" "Nyukasl"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi, Husanov yana ishonchli o‘ynadi

"Manchester Siti" "Nyukasl"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi, Husanov yana ishonchli o‘ynadi
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida \"Manchester Siti\" o‘z maydonida \"Nyukasl Yunayted\"ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Jamoaning asosiy hujumchisi Omar Marmush xet-trik qayd etdi (19’, 24’, 33’), so‘nggi gol esa 84-daqiqada Jeyms Makati tomonidan kiritildi.

Statistikaga ko‘ra, \"Manchester Siti\" butun o‘yin davomida ustunlik qildi. Ular to‘pga egalik qilish bo‘yicha 62% ustunlikka ega bo‘lishdi, 585 ta uzatma bajarishdi va ularning aniq paslar foizi 92% ni tashkil etdi. Jamoa raqib darvozasiga 11 marta zarba berdi, shundan 7 tasi aniq bo‘ldi.

Himoyada yosh futbolchi Abduqodir Husanov yana ishonchli o‘yin namoyish etdi. U o‘z pozitsiyasida xavfsiz harakat qilib, \"Nyukasl\" hujumchilariga imkon bermadi. \"Nyukasl\" esa butun o‘yin davomida atigi 3 zarba berib, faqat 1 ta aniq zarba yo‘llay oldi.

Bu g‘alaba bilan \"Manchester Siti\" 44 ochko to‘plab, 4-o‘ringa ko‘tarildi. \"Nyukasl\" esa 41 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.