La Liga turnir jadvali – Chempionlik va pastki pog‘onalar uchun kurash qizimoqda

La Liga turnir jadvali – Chempionlik va pastki pog‘onalar uchun kurash qizimoqda
La Liga 2024/25 mavsumining so‘nggi bosqichlariga kirib bormoqda va chempionlik uchun kurash nihoyatda keskin tus olgan. \"Real Madrid\" 51 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda, biroq \"Atletiko Madrid\" atigi 1 ochko ortda (50 ochko) va har qanday xatolik poyga natijasiga katta ta’sir qilishi mumkin. \"Barselona\" esa 48 ochko bilan 3-o‘rinda, mavsum oxirigacha o‘z imkoniyatini saqlab qolmoqda.

Oltin butsa uchun kurash:
Hozircha to‘purarlar ro‘yxatida Robert Levandovski (19 gol) yetakchilik qilmoqda, unga Kilian Mbappe (17 gol) yaqinlashgan, \"Osasuna\" hujumchisi Ante Budimir (13 gol) esa kuchli uchlikni yakunlamoqda.

Assistlar bo‘yicha yetakchilar:
\"Lamin Yamal\" 10 golli uzatma bilan peshqadam, uni \"Atletik\"dan Iñaki Uilyams (7 assist) va \"Vilyarreal\"dan Alex Baena (6 assist) ta’qib qilmoqda.

Turnirdagi xavfli zonalar:
Jadvalning quyi qismida \"Valensiya\" va \"Alaves\" 22 ochko bilan xavfli hududda, \"Valladolid\" esa 15 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qolmoqda.
La Liga turnir jadvali – Chempionlik va pastki pog‘onalar uchun kurash qizimoqda
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.