Anchelotti: "Gvardiolaga qarshi oʻynash jonimga tegdi"

Anchelotti: "Gvardiolaga qarshi oʻynash jonimga tegdi"
\"Real\" Evropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvida \"Manchester Siti\"ni qabul qiladi.

Manchesterda boʻlib oʻtgan dastlabki oʻyinda madridliklar 3:2 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, keyingi bosqich masalasi boʻladigan uchrashuvda hal boʻladi.

\"Real\" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hal qiluvchi bahs oldidan raqib jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida fikr bildirdi.

— Qarshimda Gvardiolani koʻrishdan charchadim. Men hamon uni ajoyib murabbiy deb hisoblayman, lekin unga qarshi oʻynash jonimga tegdi. Shunga qaramay, uning ishini kuzatish yoqimli jarayon, — dedi Karlo Anchelotti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.