U-20 Osiyo kubogi. Chorak finalning ikki juftligi ma'lum boʻldi

U-20 Osiyo kubogi. Chorak finalning ikki juftligi ma'lum boʻldi
U-20 Osiyo kubogi 3-turidan oʻrin olgan ikkita uchrashuv yakuniga etdi. Xususan \"B\" guruhida Saudiya Arabistoni yoshlari KXDR ustidan 2:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Iroq esa Iordaniya bilan muroska koʻchasini tanladi - 0:0. Bu kvartetda Saudiya Arabistoni birinchi oʻrin bilan, Iroq ikkinchi oʻrin bilan keyingi bosqichga yoʻllanmaga ega chiqdi.

\"B\" guruhi
Saudiya Arabistoni - KXDR 2:1
Gollar
: Saad Haqavi 51, Tamer Al Haybari 85 - Xan Jae Yong 28.

Iroq - Iordaniya 0:0
U-20 Osiyo kubogi. Chorak finalning ikki juftligi ma'lum boʻldi
Kecha \"A\" guruhida Avstraliya mezbon Xitoyni 2:1 hisobida taslim qilgan boʻlsa, Qatar qoʻshnilarimiz Qirgʻizistonni 4:0 hisobida tor-mor etdi. Bu guruhda Avstraliya birinchi, Xitoy ikkinchi oʻrin bilan chorak finalga chiqqandi.

\"A\" guruhi
Xitoy - Avstraliya 1:2
Gollar
: Kuai Jiven 29 - Medin Memeti 23, Lui Agosti 25.

Qirgʻiziston - Qatar 0:4
Gollar
: Tahsin Muhammad 28, Muaz Ibrohim 45+5, Muhammad Xolid 55, Nureldin Ibrohim 83.
U-20 Osiyo kubogi. Chorak finalning ikki juftligi ma'lum boʻldi
Shunday qilib chorak finalning dastlabki ikki juftligi hosil boʻldi:

Chorak final, 22 fevral
1. Avstraliya - Iroq
2. Saudiya Arabistoni - Xitoy

Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:30da Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Eronga qarshi guruh gʻolibini aniqlash uchun maydonga tushadi. Bu guruhdan keyingi bosqichga chiqqan ikki jamoa \"D\" guruhi vakillari bilan toʻqnash kelishadi. \"D\" guruhida 2-turdan keyin Janubiy Koreya (6 ochko) peshqadam, Yaponiya (4 ochko) ikkinchi oʻrinda, Suriya hisobida 1 ochko bor, Tailandda esa ochko yoʻq.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.