Mbappe Chempionlar Ligasida Messining natijasini takrorladi

Kilian Mbappe ajoyib sport formasida. Chorshanba kuni fransiyalik hujumchi \"Real\" safida \"Manchester City\"ga qarshi uy o‘yinida xet-trik qayd etdi. Endilikda Mbappening Chempionlar Ligasi doirasida \"shaharliklar\" darvozasiga urgan gollari soni yettiga yetdi.
Squawka ma’lumotlariga ko‘ra, ilgari faqat bitta futbolchi Chempionlar Ligasida \"Manchester City\" darvozasiga shuncha gol urgan – bu Lionel Messi. Argentinalik futbolchi ham ushbu musobaqada \"shaharliklar\" darvozasini yetti bor ishg‘ol qilgan.
Qiziq tomoni shundaki, Mbappe \"Manchester City\" darvozasiga Chempionlar Ligasida uch xil jamoa safida gol urgan – \"Monako\", \"PSJ\" va \"Real Madrid\".
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Squawka ma’lumotlariga ko‘ra, ilgari faqat bitta futbolchi Chempionlar Ligasida \"Manchester City\" darvozasiga shuncha gol urgan – bu Lionel Messi. Argentinalik futbolchi ham ushbu musobaqada \"shaharliklar\" darvozasini yetti bor ishg‘ol qilgan.
Qiziq tomoni shundaki, Mbappe \"Manchester City\" darvozasiga Chempionlar Ligasida uch xil jamoa safida gol urgan – \"Monako\", \"PSJ\" va \"Real Madrid\".
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













