Tog‘ chang‘ichilarimiz Osiyo chempionatida 6 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Tog‘ chang‘ichilarimiz Osiyo chempionatida 6 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Tog‘ chang‘ichilarimiz Osiyo chempionatida oltita medalni qo‘lga kiritishdi.

Xitoyning Yansin shahrida tog‘ chang‘isi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan trassada kechgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli qatnashishdi.

11 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar ishtirokidagi bahslarda hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldilar.

Oltin medal:
Arman Gayupov (gigant slalom)
Medet Nazarov (slalom)

Kumush medal:
Medet Nazarov (gigant slalom)
Arman Gayupov (slalom)
Sabina Rejepova (slalom)

Bronza medal:
Valeriya Kovaleva (slalom)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.