Ertaga "Al Hilol"ning qaysi futbolchilari "Paxtakor"ga qarshi o‘ynamaydi?

Ertaga "Al Hilol"ning qaysi futbolchilari "Paxtakor"ga qarshi o‘ynamaydi?
Ertaga Elit OCHL 1/8 finalidan o‘rin olgan \"Paxtakor\" – \"Al Hilol\" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Saudiya Arabistoni jamoasi Toshkentga bir qator yo‘qotishlar bilan yetib keldi.

\"Al Hilol\" matbuot xizmatiga ko‘ra, 6 nafar futbolchi ertaga maydonga tushmaydi:
  • O‘ng qanot himoyachisi Hamad Al Yami yelkasidan jarohat olgan;
  • Qanot himoyachisi Joau Kanselu tizzaosti payini uzib olgani uchun 8 hafta davolanadi;
  • Chan qanot himoyachisi Renan Lodi hozircha sport zalida shug‘ullanmoqda;
  • Hujumchi Aleksandar Mitrovich jamoa O‘zbekistondan qaytganidan keyin mashg‘ulotlarga qo‘shiladi;
  • Markaziy himoyachi Hasan Al Tambakti jarohatdan tiklanishda davom etmoqda;
  • Chap qanot himoyachisi Yosir Al Shahroni tiklanish jarayonini davom ettirmoqda, jamoa mashg‘ulotlarining bir qismida qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, \"Paxtakor\" – \"Al Hilol\" bellashuvi ertaga \"Jar\" stadionida 21:00 da start oladi.

Manba: alhilal.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.