"Barselona" "Benfika"ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi!

"Barselona" "Benfika"ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi!
Kataloniyaning \"Barselona\" klubi UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida \"Benfika\"ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Birinchi o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan \"Barselona\" umumiy hisobda 4:1 natija bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Uchrashuvda birinchi golni 11-daqiqada Rafinya urdi. Ammo 13-daqiqada Nikolas Otamendi \"Benfika\"ning hisobni tenglashtirishiga sabab bo‘ldi. 27-daqiqada yosh yulduz Lamin Yamal o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda esa Rafinya ikkinchi golini urib, jamoasiga ishonchli g‘alaba keltirdi.

\"Barselona\" o‘yin davomida ustunlik qildi: 20 ta zarba, 65% to‘pga egalik va 89% aniq paslar bilan raqibni ortda qoldirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.