Pep Gvardiola: "Biz chorak finalga munosib emasdik"

Pep Gvardiola: "Biz chorak finalga munosib emasdik"
\"Manchester Siti\" bosh murabbiyi Pep Gvardiola YECHL pley-off bosqichi haqida o‘zining fikrlarini bayon qildi.

\"Afsuslanish yoki jahl chiqish holati bo‘lmadi. Biz bu bosqichga munosib emasdik. Futboldan zavq oling, \"Enfild\" yoki Parijda zo‘r o‘yinlar bo‘ldi, \"Barselona\" butun mavsumni yuqori darajada o‘tkazmoqda, ularning \"Benfika\"ga qarshi 65-70 daqiqasi butun mavsumini ko‘rsatib bera oladi.

Men shunchaki tomoshabinman. Tomosha qilyapman, o‘rganyapman, zavq olyapman. Xayolimda: \"Ehhh, attang, \"Manchester Siti\" shu yerda bo‘lishi kerak edi\", degan fikr yo‘q. Ushbu mavsumda \"Manchester Siti\" bir bokal ichimlik bilan o‘yinlarni televizor orqali tomosha qilishga loyiq\", - dedi Pep.

Manba: City Xtra
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.