"Real Madrid" safarda "Vilyarreal"ni mag‘lub etdi

Ispaniya La Ligasining 28-turida \"Real Madrid\" safarda \"Vilyarreal\" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi.
Birinchi bo‘lib hisobni Xuan Foyt ochdi – u 7-daqiqada mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq Kilian Mbappe \"qirolich klub\"ni tezda o‘yinga qaytardi. Fransiyalik hujumchi 17-daqiqada hisobni tenglashtirdi, 23-daqiqada esa ikkinchi golni urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Har ikki jamoa faol o‘yin namoyish etdi. \"Vilyarreal\" raqib darvozasiga 23 ta zarba yo‘lladi, \"Real Madrid\" esa 9 marta urinish qildi. Boshqaruvda esa \"Real Madrid\" ustunlik qildi – to‘pga egalik qilish 55% bo‘ldi.
Bu g‘alaba orqali Karlo Anchelotti shogirdlari 60 ochko jamg‘arib, La Ligada peshqadamligini saqlab qoldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Birinchi bo‘lib hisobni Xuan Foyt ochdi – u 7-daqiqada mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq Kilian Mbappe \"qirolich klub\"ni tezda o‘yinga qaytardi. Fransiyalik hujumchi 17-daqiqada hisobni tenglashtirdi, 23-daqiqada esa ikkinchi golni urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Har ikki jamoa faol o‘yin namoyish etdi. \"Vilyarreal\" raqib darvozasiga 23 ta zarba yo‘lladi, \"Real Madrid\" esa 9 marta urinish qildi. Boshqaruvda esa \"Real Madrid\" ustunlik qildi – to‘pga egalik qilish 55% bo‘ldi.
Bu g‘alaba orqali Karlo Anchelotti shogirdlari 60 ochko jamg‘arib, La Ligada peshqadamligini saqlab qoldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













