Lamin Yamal "Atletiko" ustidan g‘alaba haqida fikr bildirdi

Lamin Yamal "Atletiko" ustidan g‘alaba haqida fikr bildirdi
\"Barselona\" vingeri Lamin Yamal \"Atletiko\"ga qarshi 4:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z his-tuyg‘ularini bayon etdi. 17 yoshli futbolchi ikkinchi bo‘limda jamoasiga g‘alabani ta’minlashda muhim rol o‘ynadi va 90+2-daqiqada gol urdi.

\"Biz ortda qolgan edik, lekin jamoa hech qachon taslim bo‘lmaydi. Men juda xursandman, chunki bu biz uchun juda muhim o‘yin edi. Eng muhimi – biz g‘alaba qozondik\", – dedi Yamal DAZN bilan suhbatda.

Yamal shuningdek, jamoa g‘alabani o‘zaro bayram qilganini va buni eslab qolish muhimligini ta’kidladi.

Manba: euro-football.ru
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.