Qirg‘iz Respublikasi futbolchisi: "Murabbiylar O‘zbekistonning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganib chiqdi"

Qirg‘iz Respublikasi futbolchisi: "Murabbiylar O‘zbekistonning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganib chiqdi"
\"Bunyodkor\" klubi sobiq futbolchisi, hozirda Vetnamning \"Bin Duong\" jamoasida to‘p tepayotgan Qirg‘iz Respublikasi yarim himoyachisi Odil Abdurahmonov O‘zbekistonga qarshi o‘yinga tayyorgarlik jarayoni haqida fikr bildirdi.

\"Men Vetnamdan Qirg‘izistonga 12 mart kuni yetib keldim. Bir kundan so‘ng darhol terma jamoa yig‘iniga kirishdim. Jamoadagi muhit yaxshi. Biz O‘zbekistonga qarshi o‘z maydonimizda o‘yin o‘tkazganmiz. Bo‘lajak o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Murabbiylar O‘zbekistonning zaif va kuchli tomonlarini bizga uqtirib, tegishli taktikalar ishlab chiqdi. Mashg‘ulotlar davomida bular ustida shug‘ullanyapmiz\", dedi 29 yoshli o‘yinchi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.