Luka Modrich: Bu haqiqiy «Real» emas

Luka Modrich: Bu haqiqiy «Real» emas
Luka Modrich: Bu haqiqiy «Real» emas

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich «Real»ning ayni vaqtdagi holati haqida fikr bildirdi.

\"Bu haqiqiy «Real» emas. Ishonchim komilki, biz yaqinda yana avvalgi saviyamizga qaytamiz. O‘shanda odamlar bizni futbol tarixidagi eng yaxshi jamoalardan deb aytgan edilar.

Biz jamoadoshlarim bilan bu borada ko‘p gaplashdik. Anchelotti bizni qayta oyoqqa qo‘yish uchun katta tajribaga ega. \"Levante\"ga qarshi kechadigan o‘yin oson bo‘lmaydi. Ammo bizga g‘alaba juda kerak.

Nafaqat Garet Beyl, balki hamma inqirozdan chiqib ketish yo‘llarini qidirmoqda. Biz faqat bir jamoa sifatida vaziyatni o‘nglashimiz mumkin\", - deydi Modrich.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.