Jahon kubogi. Madiyar Daniyarov mezbon bokschiga yutqazib bronza medaliga ega chiqdi

Jahon kubogi. Madiyar Daniyarov mezbon bokschiga yutqazib bronza medaliga ega chiqdi
Xabaringiz bor, 31 martdan Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun yarim final janglari start oldi. Ushbu bosqichga 8 nafar bokschimiz yetib keldi va bugun ulardan 5 nafari ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan.

Hozirgina -60 kg vazn toifasida Madiyar Daniyarov va mezbonlar vakili Luiz Oliveyra (Braziliya) jangi yakunlandi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan bahsda bokschimiz ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.