Mart oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi uchun nomzodlar

Mart oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi uchun nomzodlar
Mart oyida O‘zbekiston Superligasida 3 ta tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Ushbu bahslardan keyin O‘zPFL oyning eng yaxshi murabbiysi va futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, mart oyining eng yaxshi murabbiyi nomzodlari qatoriga Mirjalol Qosimov (“OKMK”), Ilyos Zeytullayev (“Bunyodkor”), Vadim Abramov (“Dinamo”), Ulug‘bek Baqoyev (“Buxoro”) va Hakim Fuzaylov (“Xorazm”) kiritildi.

Mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlar
- Mirjalol Qosimov — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 7:2;
- Ilyos Zeytullayev — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 7:3;
- Vadim Abramov — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 2:0;
- Ulug‘bek Baqoyev — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 7:3;
- Hakim Fuzaylov — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 5:4.
Mart oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi uchun nomzodlar
Foto: O‘zPFL
Mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatoridan Nodirbek Abdurazzoqov (“OKMK”), Luis Kachorri (“Bunyodkor”), Ravshanbek Yagudin (“Dinamo”), Shahboz Jo‘rabekov (“Buxoro”) va Rustamjon Abduhamidov joy oldi.

Mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar
- Nodirbek Abdurazzoqov — 3 o‘yin, 2 gol, 1 assist;
- Luis Kachorri — 3 o‘yin, 4 gol;
- Ravshanbek Yagudin — 3 o‘yin, 3 quruq o‘yin, 6 seyv;
- Shahboz Jo‘rabekov — 3 o‘yin, Raqibning 33 hujumini to‘xtatgan (Ligada 1-o‘rin);
- Rustamjon Abduhamidov — 3 o‘yin, 2 gol, 1 assist.
Mart oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi uchun nomzodlar
Foto: O‘zPFL
G‘oliblar ovoz berish natijalari yakuniga yetgach e’lon qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.