Kubarsi Chempionlar ligasi tarixida yangi rekord o‘rnatdi

UEFA Chempionlar ligasi chorak finalining ilk o‘yinida “Barselona” va “Borussiya Dortmund” o‘rtasidagi bahsda 18 yosh 77 kunlik Pau Kubarsi tarixiy natijaga erishdi. U o‘yinning birinchi golida assist muallifi bo‘lib, Chempionlar ligasi tarixida golga uzatma bergan eng yosh himoyachiga aylandi.
Bungacha bu rekord mashhur belgiyalik futbolchi Vinsent Kompaniga tegishli edi. Ammo endilikda uni Pau Kubarsi ortda qoldirdi. U uzatmani Robert Levandovskining 48-daqiqadagi goliga amalga oshirdi.
Hozirda o‘yin 3:0 hisobida “Barselona” foydasiga davom etmoqda (70-daqiqa holatiga ko‘ra).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bungacha bu rekord mashhur belgiyalik futbolchi Vinsent Kompaniga tegishli edi. Ammo endilikda uni Pau Kubarsi ortda qoldirdi. U uzatmani Robert Levandovskining 48-daqiqadagi goliga amalga oshirdi.
Hozirda o‘yin 3:0 hisobida “Barselona” foydasiga davom etmoqda (70-daqiqa holatiga ko‘ra).
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













