Manchester Yunayted – Lion 5:4: So‘zsiz super o‘yin! (gollarni tomosha qiling)

Manchester Yunayted – Lion 5:4: So‘zsiz super o‘yin! (gollarni tomosha qiling)
Yevropa Ligasi chorak final javob bahsida “Manchester Yunayted” va “Lion” o‘rtasida haqiqiy dramatik to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. “Manchester” o‘z uyida 5:4 hisobida g‘alaba qozondi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 7:6 hisobida yarim finalga yo‘l oldi.

• Gollar: Ugarte (10\'), Dalot (45+1\'), Fernandes (114\', pen.), Mainu (120\'), Maguire (120+1\')
• “Lion”: Tolisso (71\'), Tagliafico (77\'), Cherki (104\'), Lacazette (109\', pen.)
• Tolisso 89-daqiqada, Maguire esa 120+1-daqiqada qizil kartochka oldi

Statistikaga ko‘ra, ikkala jamoa ham 21 martadan darvozaga zarba bergan, biroq to‘p nazoratida “Lion” ustun bo‘lgan (59%). O‘yinning eng so‘nggi daqiqalari haqiqiy futbol shousiga aylangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.