Ronaldu yozda “Chelsi” yoki “Man Siti”ga o‘tishi mumkin

Ronaldu yozda “Chelsi” yoki “Man Siti”ga o‘tishi mumkin
Portugaliyalik afsonaviy futbolchi Krishtianu Ronaldu yozda yana Yevropaga qaytishi mumkin, deb xabar berdi \"Bombardir.ru\".

Saudiyaning “Al-Nasr” jamoasida to‘p surayotgan 40 yoshli hujumchi bilan Angliyaning “Chelsi” va “Manchester Siti” klublari qiziqish bildirmoqda.

Ehtimolki, ushbu klublardan biri Ronalduni klub jahon chempionati uchun 1 oylik shartnoma asosida taklif etadi.

Ronaldu ilgari ham Angliyada “Manchester Yunayted” safida o‘ynagan va u yerda katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

Joriy mavsumda u “Al-Nasr”da 36 o‘yinda 32 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.