Timur Kapadze Abu-Dabida: Bitta o‘yin, bitta imkoniyat, butun millat orzusi

Timur Kapadze Abu-Dabida: Bitta o‘yin, bitta imkoniyat, butun millat orzusi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze hozirda Abu-Dabi shahrida bo‘lib turibdi. U jamoamiz uchun hayot-mamat darajasida ahamiyatga ega bo‘lgan bahs o‘tkaziladigan \"Al Nahayyon\" stadionida inspeksiya ishlarini amalga oshirdi.

Maydon tekshirildi, tayyorgarlik boshlandi

Tarkibdagi mutaxassislar bilan birgalikda Kapadze stadion gazoni, umumiy infratuzilma, tayanch nuqtalar hamda shart-sharoitlarni sinchkovlik bilan o‘rgandi. Ushbu tashrif orqali terma jamoamizning 5 iyun kuni BAAga qarshi bahsi oldidan barcha jihatda tayyorgarligi ta’minlanmoqda.
Timur Kapadze Abu-Dabida: Bitta o‘yin, bitta imkoniyat, butun millat orzusi
O‘yin joyi: Al Nahyan Stadium, Abu-Dabi
Vaqti: 5 iyun, 21:00 (Toshkent vaqti)

Jahon chempionatiga yo‘llanma masalasi hal bo‘ladi

Ushbu bellashuv O‘zbekiston milliy jamoasi uchun tarixiy ahamiyatga ega. Chunki aynan shu bahs natijasida jamoamiz Jahon chempionatiga chiqish yo‘llanmasini rasman qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ladi.

Eng muhimi — bizga durang ham yetarli. Ammo yigitlar g‘alaba uchun maydonga tushishi shubhasiz.

Siz nima deb o‘ylaysiz — terma jamoamiz bu imkoniyatdan foydalanadimi? Bizni Jahon chempionatida ko‘rish vaqti kelmadimi?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.