Sportchilarimiz Xitoydagi taekvondo bo‘yicha Prezident kubogida muvaffaqiyat qozondi

Sportchilarimiz Xitoydagi taekvondo bo‘yicha Prezident kubogida muvaffaqiyat qozondi
Xitoyning Tayan shahrida Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) tomonidan Osiyo mintaqasi uchun tashkil etilgan Prezident kubogi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari yana 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Oltin medal sohiblari:
-54 kg vaznda Jahongir Xudoyberdiyev
-67 kg vaznda Ozoda Sobirjonova

Bronza medal sohibi:
+73 kg vaznda Svetlana Osipova

Shu tariqa, O‘zbekiston jamoasi musobaqani jami 8 ta medal bilan yakunladi: 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.