“Arsenal” o‘z maydonida “PSJ”ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi (video)

“Arsenal” o‘z maydonida “PSJ”ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi (video)
UEFA Chempionlar ligasi yarim finalining ilk uchrashuvida Londonning “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida Fransiya grandi “PSJ”ni qabul qildi. Uchrashuv yakonida mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golni Usmon Dembele 4-daqiqada kiritdi.

Bellashuvda to‘p nazoratida “PSJ” 53% ko‘rsatkich bilan ustunlik qildi. “Arsenal” 10 marta darvoza tomon zarba bergan bo‘lsa, “PSJ”da bu ko‘rsatkich 11 tani tashkil etdi. Jamoalarning har biri 2 tadan sariq kartochka oldi, qizil kartochkalar qayd etilmadi. Endi javob o‘yini Parijda bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.