"Barselona" kambek evaziga mehmonda "Valyadolid"ni taslim etdi (video)

"Barselona" kambek evaziga mehmonda "Valyadolid"ni taslim etdi (video)
\"Barselona\" joriy mavsumda 8 marotaba kambek amalga oshirib, g‘alaba qozondi. La Liga 34-turida Kataloniya grandi \"Valyadolid\" bilan kuch sinashib, 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatni 2:1\'ga aylantira oldi.

Ushbu mavsumda Flik shogirdlari 8 ta bellashuvda mag‘lub bo‘layotgan holatda, uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlay olgan. Bularning 5 tasi La Ligada, shuningdek, bir marotabadan UYEFA Chempionlar ligasi, Ispaniya kubogi va Ispaniya Superkubogida sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda \"ko‘k-anorranglilar\" La Liga turnir jadvalida 79 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Ular \"Real\"dan 7 ochko oldinda, ammo Madrid grandi safida 1 ta zaxira o‘yini mavjud.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.