“Dinamo” va “So‘g‘diyona” o‘rtoqlikda kuch sinashadi

“Dinamo” va “So‘g‘diyona” o‘rtoqlikda kuch sinashadi
Milliy terma jamoalarning FIFA kunlari doirasida o‘yinlar o‘tkazishi sababli Superliga bahslarida ikki haftalik tanaffus yuzaga kelmoqda. Bu vaqt mobaynida jamoalar o‘zaro o‘rtoqlik bellashuvlari orqali sport formasini saqlab qolishga harakat qilmoqda.

Xususan, “Dinamo” klubi O‘zbekiston kubogi chorak finali doirasida 8 iyun kuni “Lochin” jamoasiga qarshi muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu muhim bahs oldidan samarqandliklar 3 iyun kuni “So‘g‘diyona” bilan nazorat o‘yini o‘tkazadi.

Bellashuv Samarqanddagi “Dinamo” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

O‘rtoqlik uchrashuvi
- 3 iyun, seshanba
- “Dinamo” – “So‘g‘diyona”
- Boshlanish vaqti: 19:00
- Joy: Samarqand, “Dinamo” stadioni
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.