“SSKA” Rossiya Kubogini 9-marotaba yutib, tarixiy natija qayd etdi (video)

“SSKA” Rossiya Kubogini 9-marotaba yutib, tarixiy natija qayd etdi (video)
Moskva shahridagi “Lujniki” stadionida Rossiya Kubogi–2024/25 musobaqasining superfinali bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvda “SSKA” jamoasi “Rostov” ustidan g‘alaba qozonib, o‘z tarixidagi to‘qqizinchi Kubokni boshi ustiga ko‘tardi.

Bellashuvning asosiy vaqti gollarsiz yakunlandi — 0:0. G‘olib jamoa penaltilar seriyasida aniqlandi: armiyachilar 4:3 hisobida ustun keldi. “SSKA” darvozaboni penaltidagi muvaffaqiyatli harakatlari bilan jamoasiga hal qiluvchi hissani qo‘shdi.

O‘yin paytida Ivan Oblyakov tomonidan kiritilgan uzoq masofali ta’sirchan zarba gol sifatida qabul qilinmagan — videotakrorda uning ofsayd holatida ekani aniqlandi va gol bekor qilindi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev bu muhim uchrashuvda qatnashish imkoniga ega bo‘ldi. U 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va o‘yinda faol ishtirok etdi.

Bu g‘alaba “SSKA” uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ular Rossiya Kubogini 9-marotaba yutib, Moskvaning “Lokomotiv” klubi bilan tenglashdi. Mazkur natija armiyachilarni Rossiya Kubogidagi eng muvaffaqiyatli jamoalardan biri sifatida yanada mustahkamlaydi.

“SSKA” muxlislari uchun bu g‘alaba nafaqat sport yutug‘i, balki jamoaning barqarorligi va yuqori darajadagi salohiyatining ifodasi bo‘ldi.

- 1 iyun, yakshanba
- “Lujniki”, Moskva
- Rossiya Kubogi — Superfinal
- “Rostov” — “SSKA” 0:0 (penaltilar: 3:4)
“SSKA” Rossiya Kubogini 9-marotaba yutib, tarixiy natija qayd etdi (video)
Zamin.uz tahririyati “SSKA” jamoasini g‘alaba bilan muborakbod etadi va kelgusi mavsumlarda ham yuksak muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.