Osiyo qit’asida JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi o‘yinlari yakunlandi: natijalar

Osiyo qit’asida JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi o‘yinlari yakunlandi: natijalar
10 iyun kuni Osiyo qit’asida Jahon chempionati–2026ning uchinchi saralash bosqichiga yakun yasaldi. Bir necha oy davom etgan qaynoq va dramatik bahslardan so‘ng, uchta guruhdan umumiy hisobda 6 ta terma jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri mundialga yo‘l oldi.

A guruhi: O‘zbekiston — rekordchi va tarix yaratdi!
Osiyo qit’asida JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi o‘yinlari yakunlandi: natijalar
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi so‘nggi tur uchrashuvida 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishib, saralash tarixida ilk bor 21 ochko jamg‘ardi. Bu natija nafaqat guruhdagi yuqori o‘rinlarni mustahkamlash, balki butun Osiyo miqyosida jiddiy e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Boshqa uchrashuvlarda Qirg‘iziston BAAga qarshi 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Eron esa KXDR ustidan 3:0 hisobida zafar quchib, guruh peshqadamiga aylandi.

B guruhi: dramatik uzilgan umidlar va kechgi penalti
Osiyo qit’asida JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi o‘yinlari yakunlandi: natijalar
Janubiy Koreya va Iordaniya mundialga yo‘llanmani avvalroq qo‘lga kiritgan edi. Lekin 3–4-o‘rinlar uchun kurash so‘nggi daqiqalargacha qizg‘in kechdi.

Iroq Iordaniyani mag‘lub etib katta yutuqqa erishdi. Falastin va O‘mon o‘rtasidagi o‘yinda esa keyingi bosqichga chiqish taqdiri so‘nggi soniyalarda hal bo‘ldi: Falastin hisobni ochgan bo‘lsa-da, 90+5-daqiqada belgilangan penalti ularning orzusini yo‘qqa chiqardi.

C guruhi: Avstraliya hujumi Saudiya orzusini sindirdi
Osiyo qit’asida JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi o‘yinlari yakunlandi: natijalar
Yaponiya mundialga ilgaridan yo‘llanma olgan edi. Avstraliya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘yindagi yutuq to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani hal qilardi. Saudiyaliklar hisobni ochgan bo‘lsa-da, Avstraliya burilish yasab, 1:2 hisobida g‘alaba qozondi va Yaponiya qatorida finalchiga aylandi.

Finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olgan 6 jamoa:
- Yaponiya
- Eron
- O‘zbekiston
- Iordaniya
- Janubiy Koreya
- Avstraliya

Pley-off yo‘llanmasiga ega 6 jamoa:
- BAA
- Qatar
- Iroq
- Ummon
- Saudiya Arabistoni
- Indoneziya

Bu jamoalar markazlashgan holda ikki guruhga bo‘linadi va guruh g‘oliblari JCH–2026 finaliga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ikkinchi o‘rin egalari o‘zaro bellashib, g‘olib qit’alararo pley-offda so‘nggi yo‘llanma uchun kurashadi.

Shu tariqa, Osiyodan yana 2 yoki 3 ta jamoa Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin.

Oldinda — yangi imkoniyatlar, yangi tarixiy yuzlar va yangi orzular!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.