“Borussiya” dramali uchrashuvda g‘alaba qozonib, guruhda peshqadam bo‘ldi

“Borussiya” dramali uchrashuvda g‘alaba qozonib, guruhda peshqadam bo‘ldi
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati \"F\" guruhi 2-turidan o‘rin olgan yana bir bahs futbol muxlislari uchun haqiqiy dramaga aylandi. AQSHning Sinsinnati shahridagi \"Ti-Kyu-El Stedium\"da \"Mamelodi Sandaunz\" (Janubiy Afrika) va Dortmundning \"Borussiya\" jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Yevropaning ko‘zga ko‘ringan grandlaridan biri bo‘lgan \"Borussiya\" shiddatli va gollarga boy uchrashuvda 4:3 hisobida zafar quchdi.

O‘yinning 11-daqiqasida afrikaliklar safida Lukas Ribeyro hisobni ochib, jamoasiga erta ustunlikni ta’minladi. Biroq \"Borussiya\" bu hujumga tezda javob qaytarib, 16-daqiqada Feliks Nmecha tomonidan hisobni tenglashtirdi. 34-daqiqada hujumchi Seru Girassi jamoasini oldinga olib chiqdi va dortmundliklar bu ustunlikni yanada mustahkamlashga harakat qildi. Birinchi bo‘lim oxirida, 45-daqiqada Job Bellingem jamoaning uchinchi golini kiritdi va hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda ham “Borussiya” hujumkor o‘yin namoyish etishda davom etdi. 60-daqiqada \"Mamelodi Sandaunz\" himoyachisi Xuliso Muda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni katta farq bilan ortishiga sabab bo‘ldi. Biroq afrikalik futbolchilar tushkunlikka tushib qolmadi. 62-daqiqada Ikrom Reyners hisobni bitta to‘pga qisqartirdi. O‘yinning 90-daqiqasida Lebo Motiba g‘oliblik uchun so‘nggi intrigani qayta tiklab, hisobni 4:3 ko‘rinishiga olib keldi.

Gollarga boy va jonli kechgan bellashuvda “Borussiya” muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va 2 turdan so‘ng 4 ochko bilan “F” guruhida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. “Mamelodi Sandaunz” esa 3 ochko bilan ikkinchi pog‘onada boryapti. Bu guruhda kurash yanada qizg‘in tus olishi aniq.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.