Superliganing 17-turida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kiritilgan gollar videosi

Superliganing 17-turida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kiritilgan gollar videosi

Superliganing 17-turidan o‘rin olgan \"Qo‘qon-1912\" - \"Neftchi\" bellashuvi yakunida Levchenko shogirdlari muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi - 1:2.

Dastlab, birinchi bo‘limning 9-daqiqasida raqib himoyasidagi tartibsizlikdan unumli foydalangan Alisher Odilov hisobni ochdi. 83-daqiqada Shohruh Gadoyev oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. \"Neftchi\"ning g‘alaba goli esa Yovan Jokich tomonidan 89-daqiqada kiritildi.

\"Qo‘qon-1912\" – \"Neftchi\" 1:2
Gollar: Alisher Odilov 9, 0:1, Shoxruh Gadoyev (Javohir Husanov) 83, 1:1, Yovan Jokich (Vladimir Yovovich) 89, 1:2

O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan \"Nasaf\" hamda \"Andijon\" o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi.

Dastlab, 6-daqiqada \"burgutlar\" vakili Damir Temirov hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqaga kelib \"ajdarlar\" futbolchisi Oybek Bozorov tablodagi hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.

\"Nasaf\" – \"Andijon\" 1:1
Gollar: Damir Temirov 5, - 0:1. Oybek Bozorov 60, - 1:1 (Murodbek Rahmatov).

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.