Nursulton Ro‘ziboyev keyingi jang sanasini ma’lum qildi

UFCda qatnashib kelayotgan o‘zbekistonlik jangchi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi ringga qachon chiqishi haqida fikr bildirdi.
“Yangi jang? Bir yildan beri O‘zbekistonga kelmadim. Avvalo oila bilan bog‘liq ishlarni yo‘lga qo‘yishim kerak. Shu bois, nasib qilsa, Doha yoki Las-Vegasda — noyabr yoki dekabr oyida jang qilaman”, — dedi Ro‘ziboyev.
Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni Chikagoda Nursulton Ro‘ziboyevning jang qilishi kutilgan edi. Biroq uning raqibi Brayan Battl belgilangan vazn me’yoriga to‘g‘ri kelmagani uchun bellashuv bekor qilingandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













