9 ta gol urilgan bahsda PSJ "Tuluza"ni yirik hisobda yengdi (video)

9 ta gol urilgan bahsda PSJ "Tuluza"ni yirik hisobda yengdi (video)

Liga 1ning 3-turidan o‘rin olgan bahsda Luis Enrike boshqaruvidagi PSJ safarda \"Tuluza\" bilan to‘qnash kelib, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Portugaliyalik yarim himoyachi hisoblangan Joau Nevesh ushbu bellashuv davomida xet-trikni rasmiylashtirdi (7, 14 va 78). Usmon Dembele esa 31 va 51-daqiqalarda ikki bor penaltidan unumli foydalanib, dubl muallifi bo‘ldi. Bundan tashqari, Barkola ham 9-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Parijliklarning 6 goliga \"Tuluza\" futbolchilari 3 gol bilan javob berdi (Charli Kressuell 37, Yann Gboo 89 va Aleksis Vossa 90+1).

Fransiya chempionati. 3-tur
Tuluza – PSJ – 3:6
Gollar: Charli Kressuell 37, Yann 89, Vossa 90+1 – Nevesh 7, 14, 78, Barkolya 9, Dembele 31 pen., 51 pen.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.