Husanov jarohat olib maydonni tark etdi

Angliya Premer-ligasida kutilmagan natija qayd etildi. “Brayton” o‘z maydonida amaldagi chempion “Manchester Siti”ni 2:1 hisobida taslim etdi. Bu haqda Kursiv.media xabar berdi.
Birinchi bo‘limda “shaharliklar” ustunlik qildi. 34-daqiqada Erling Holand hisobni ochdi, unga Marmush yordam berdi. Himoyachi Abduqodir Husanov esa bir necha xavfli hujumlarni to‘xtatib berdi.
Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar bosimni kuchaytirdi. 65-daqiqada Milner penalti kiritib, hisobni tenglashtirdi — 1:1. Oradan ko‘p o‘tmay Husanov oyog‘idan jarohat olib, Diash bilan almashtirildi.
89-daqiqada Gruda gol urib, “Brayton”ga g‘alaba keltirdi. Traffordning bir necha muhim seyvlarini hisobga olmaganda, natija yanada yirik bo‘lishi mumkin edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













