Mirazizbek Mirzahalilov Liverpulda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Mirazizbek Mirzahalilov Liverpulda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Ma’lumki, Angliyaning Liverpul shahri bu yil World Boxing shafeligida ilk bor kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqa doirasida o‘zbek bokschilari ham birin-ketin ringga ko‘tarilmoqda va muxlislarga quvonchli daqiqalar ulashmoqda.

Hozirgina -55 kg vazn toifasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Mirazizbek Mirzahalilov Hindiston vakili Pavan Bartvalga qarshi ringga chiqdi va jang to‘liq 3 raund davom etdi. Bellashuv yakunida hakamlar yakdil qaror bilan hamyurtimizni g‘olib deb topishdi — 5:0 hisobida. Bu natija Mirzahalilovga keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, kechayotgan chempionatda o‘zbekistonlik sportchilardan yana bir vakilimiz — Javohir Ummataliyev ham ringga ko‘tariladi. Uning raqibi polyak bokschisi Nikodem Kozak bo‘ladi.

Shubhasiz, Mirzahalilovning bugungi g‘alabasi boshqa sportchilarimiz uchun ham kuchli ruhlantiruvchi omilga aylandi. Musobaqa davomida hamyurtimizdan yana yangi yutuqlar kutilyapti.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.