Sherzod Toshmatov Osiyo boks federasiyasi vise-prezidenti etib tayinlandi

Sherzod Toshmatov Osiyo boks federasiyasi vise-prezidenti etib tayinlandi
Sherzod Toshmatov Osiyo boks federasiyasi vise-prezidenti etib tayinlandi

17 dekabr kuni Abu-Dabida (BAA) Osiyo boks konfederasiyasi (OBK) Ijroiya qo‘mitasining har yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish doirasida kadrlar masalasi ham ko‘rib chiqildi, deb xabar qildi «Gazeta.uz» nashri.
Sherzod Toshmatov Osiyo boks federasiyasi vise-prezidenti etib tayinlandi

Qo‘mita a’zolari kadrlarni tayinlash, yil yakunlari, 2017 yilda mintaqaviy sport tadbirlarini tashkil etish hamda moliyaviy masalalarni muhokama etdi.

O‘zbekiston Boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov OBK vise-prezidenti etib tayinlandi. Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari-2020 da Osiyo konfederasiyasi tibbiy komissiyasi bilan hamkorlik olib borish va faoliyatini muvofiqlashtirish uning asosiy vazifalari qatoridan o‘rin olgan.

19−20 dekabr kunlari Lozannada (Shveysariya) Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi (AIBA) Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari qurultoyi bo‘lib o‘tadi. Unda OBK Ijroiya qo‘mitasi a’zolari ham ishtirok etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.