Luis Enrike «Real»ning natijalaridan o‘zib ketmoqchi


“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Espanol” ustidan qozonilgan Ispaniya chempionati uchrashuvidan so‘ng jamoasini yanada yaxshiroq o‘ynashga chaqirgan va bu bilan La Ligada “Real”ni ortda qoldirishni maqsad qilgan.
“2017 yili oldimizda muhim vazifa turibdi, ya’ni chempionlikni qo‘lga kiritish. Bu jamoa uchun katta chaqiruv. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz.
“Barselona” hozirda o‘ziga yarashmagan pozisiyada turibdi. Ammo “Real”ning natijalarini tan olish kerak. Hali chempionat uzoq davom etadi va biz barchasiga ega chiqamiz”, – deydi Enrike.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













