Janni Infantino Toshkent Olimpiya shaharchasiga yuqori baho berdi

Janni Infantino Toshkent Olimpiya shaharchasiga yuqori baho berdi

FIFA prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi nufuzli delegatsiya O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyurib, yangi barpo etilgan Olimpiya shaharchasini ko‘zdan kechirdi. Ushbu tashrif davomida delegatsiyaga O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti va MOQ birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, shuningdek, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamrohlik qildi.
Janni Infantino Toshkent Olimpiya shaharchasiga yuqori baho berdi
Qayd etish joiz, Olimpiya shaharchasining qurilishi 2022 yil 9 noyabrda boshlangan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, bu inshoot nafaqat yurtimizning bunyodkorlik salohiyati, balki o‘zbek sportchilarining jahon arenasidagi ulkan yutuqlari ramziga aylanmoqda. Majmua zamonaviy me’moriy yechimlar, energiya tejamkorligi va eng ilg‘or innovatsion texnologiyalari bilan ajralib turadi.
Janni Infantino Toshkent Olimpiya shaharchasiga yuqori baho berdi
100 gektardan ortiq hududda qurilgan ushbu shaharcha bir nechta sport turlari uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali inshootlarni o‘z ichiga oladi. Bu yerda turli sport turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalarni o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Janni Infantino Toshkent Olimpiya shaharchasiga yuqori baho berdi
FIFA prezidenti Janni Infantino Olimpiya shaharchasini ko‘zdan kechirgach, uning yuqori darajada qurilganini e’tirof etdi. U, shuningdek, O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va yaratilayotgan sharoitlarni alohida ta’kidladi.
Janni Infantino Toshkent Olimpiya shaharchasiga yuqori baho berdi
Infantino so‘zlariga ko‘ra, bu kabi yirik sport infratuzilmalari kelgusida nafaqat mamlakat sporti rivojiga, balki butun mintaqaning sport salohiyati yuksalishiga ham xizmat qiladi.

Toshkent Olimpiya shaharchasi endi nafaqat mahalliy sportchilar, balki xalqaro maydon uchun ham muhim markaz sifatida tarixga kirishi shubhasiz.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.